02ноя
Ta'lim faoliyati haqida ma'lumot
Toshkent arxitektura-qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibida. Toshkent arxitektura-qurilish instituti xuzurida 1 ta akademik litsey, 2ta texnikum va 2ta malaka oshirish markazi mavjud. Qurilish sohasidagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Toshkent arxitektura-qurilish (TAQI) 22 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashyo‘lga qo‘yilgan.
OTM nomi | Pedagog xodimlari soni | Shu jumladan | Talabalar soni | |||||
Fan doktori, professorlar | Fan nomzodi, dotsentlar | Jami | Bakalav-riat | Sirtqi | Qo‘shma ta’lim Dasturi | Magist-ratura | ||
TAQI | 343 | 23 (6,7%) | 102 (29,7%) | 5792 | 3958 | 1315 | 170 | 349 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga asosan, 2020/2021 o‘quv yilida TAQI-1125 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 325ta, magistraturaga TAQI - 160 ta qabul parametrlari ajratildi.
Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon natijalari ko‘ra bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha TAQI - 1381 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha TAQI-536ta, hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha TAQI 189 ta abiturientlar talabalikka qabul qilindi.
Ish beruvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilidan institutda oliy ta’lim muassasalarida optimallashgan va yangi 1 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklari ochildi (1-ilova).
2020/2021 o‘quv yilida 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari (RFning Moskva arxitektura instituti, Moskva davlat qurilish unversiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish instiuti, Belarus milliy texnika universiteti, Germaniya FRning Anxalt amaliy fanlar universiteti va Polsha Respublikasining Belostok texnika universiteti) bilan qo‘shma dasturlar asosida 110 nafar talabalar o‘qishga qabul qilindi (2-ilova).
2020 yilda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi milliy reytingda TAQI 15-o‘rinni (2019 yil -22 o‘rin, 2018 yil -43 o‘rin) egalladi. 2020/2021 o‘quv yili bo‘yicha TAQIda asosiy shtatda 343 nafar pedagog xodimlar mavjud bo‘lib, shundan fan doktorlari va professorlar 23 nafar, fan nomzodlari va dotsentlar 102 nafarni tashkil etadi (qolganlari assistent va katta o‘qituvchilar). Muassasada jami 5792 nafar talaba o‘qimoqda;
Sohaning rivojlanish istiqbollari va ularda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim muassalarida bitiruv malakaviy ishlari (diplom loyihalari), magistrlik dissertatsiya mavzulari, malakaviy amaliyot dasturlari, kurs ish(loyiha)lari va mustaqil ta’lim topshiriqlari tubdan yangilandi.
Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi.
2019/2020 o‘quv yilida 380 ga yaqinturli mulk shaklidagi loyiha va qurilish tashkilotlar ehtiyojiga muvofiq institut talabalari malakaviy amaliyotlarga taqsimlandi hamda kelgusida ularning ishga joylashishi masalasida kelishuvga erishildi.