“O‘zbek tili va adabiyoti” va “Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi”





O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023- yil 6-martdagi “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 44-sonli va Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2023-yil 14-apreldagi 86-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 4-май kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” va “Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” kafedrasi professor-oqituvchilari rahbarligida Professional ta’lim yo‘nalishining: 2-kurs 31-21 ва 32-21 guruh talabalari o‘rtasida “Kasbiy psixologiya” va “Qurilish mexanikasi (materiallar qarshiligi)” fani bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlovda universitet prorektoriE.Xaltursunov va “Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti dekani dotsent I.Alievishtirok etdi.
Tanlov ishida quyidagi turlar bo‘yicha topshiriqlartalabalarga taqdim etildi.
1-tur. “Qurilish mexanikasi (materiallar qarshiligi)” fani bo‘yicha “ Amaliy yozma ish”.
2-tur. “Qurilish mexanikasi (materiallar qarshiligi)” fani bo‘yicha “Test”
3-tur. Kasbiy psixologiya fani buyicha og‘zaki suhbat uchun mavzular:
4-tur. Kasbiy psixologiya fani bo‘yichcha ijodiy ish uchun mavzular.
5-tur.Talabalar tomonidan tayyorlangan kasbga doir saxna ko‘rinishi.
tanlovni universiteto‘quv ishlari prorektori E.Xaltursunov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
1-tur (masala) “Eng aqllitopqir” nominatsiyasi bo‘yicha 31-21guruh, 2-tur “Eng yaxshi bilimdon” nominatsiyasi bo‘yicha 31-21guruh, 3-tur “Kasbiy psixologiya”fanidan og‘zaki savol-javob bo‘yicha 32-21 guruh, 4-tur “Kasbiy psixologiya”fanidan dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash sharti bo‘yicha 32-21 guruh,5-tur “Sahna ko‘rinishi sharti ”bo‘yicha32-21 guruhi talabalari g‘olib bo‘lishdi.
Tanlov ishida eng yaxshi ishtirok etgan quyidagi talabalar “Liler talaba”deb topildi.31-21guruhi talabasi Jaloliddinov Sahobiddin va32-21 guruh talabasi Evatov Raxmatilla lider talaba sifatida ekspertlar tomonidan tan olindi.Tanlov qiziqarli va yuqori saviyada bo‘lib otdi.Tanlov yakunidag‘olib guruhlarga va lider talabalarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi.