Toshkent arxitektura qurilish universiteti bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan taʼminlash maqsadida yirik ish beruvchi korxonalar yetakchi xodimlari ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari-2023” yarmarkasi boʼyicha MА'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchi kurs talabalarini ishga joylashishini taʼminlash maqsadida universitet rektorining 2023-yil 6-martdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari-2023” yarmarkasini gi 49-son buyrug’i qabul qilindi.
“Bo‘sh ish o‘rinlari-2023” yarmarkasini o’tkazish bo’yicha ishchi guruh shakllantirildi.
Haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalari tuzish maqsadida 823 nafar bitiruvchilarga (amaliyot)ga yoʼllanmalar berildi.
Ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan 254 nafar bitiruvchilar (jumladan Enter engineering 54 nafar, "O'zshahar qurilish invest" ik mchj 17 nafar, “Betomax beton” mchj 15 nafar, Yangi zamon bino 14 nafar va hakazo) ish bilan ta’minlandi.
Tasdiqlangan grafik asosida korxona va tashkilotlar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
Tadbirda 60 dan otrtiq korxona va tashkilotlar hamda 1000 dan ziyod universitet bitiruvchilari ishtirok etishdi.