18мар
Umumxalq xayriya hashari



Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida universitet hududi, binolar, maydonlar, bog‘ maydonlari va boshqa joylarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, imkoniyati cheklangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, xayriya ehsonlarini tashkil etish maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.