16мар
Mehnat yarmarkasi

#yarmarka
📝📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni “Oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2023-yil 6-martdagi “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 49-sonli buyrug‘iga asosan 16-mart kuni Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi o‘tkazildi.
🏣🏣Yarmarkada Universitet jamoasi, yirik ish beruvchi hamkor korxona va tashkilotlar vakillari, universitet bitiruvchi kurs talabalari va mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi. Jumladan, «Enter Engineering Pte. Ltd» kompaniyasi, «DSK Binokor» AJ, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «JBI Binokor» AJ, «Betomaxbeton» AJ, «O‘zshaharsozlikLITI» DUK, «ToshuyjoyLITI» AJ, «ToshkentboshplanLITI» DUK, «Qishloqqurilishloyiha» MChJ, «O‘zGAShKLITI» DUK, «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ, «Tashgiprogor» AJ, «DISCOVER INVEST» MChJ, «Trest 12» AJ, «Mimar Group» MChJ, «Yangi zamon bino» MChJ, «Neftgazmontaj» MChJ, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, «O‘zqurilishmaterialLITI» MChJ kabi 100 dan ortiq yirik tashkilotlar ko‘rgazmali materiallari, vakant o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.