07мар
#Tayinlov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori buyrug‘i bilan Xaltursunov Erkin Berkinbayevich O’quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.
Xaltursunov Erkin 1974-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
Ilmiy darajasi va unvoni: texnika fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Qurilish va Arxitektura” kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan.