06мар
#Tayinlov

#Tayinlov
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori buyrug‘i bilan Metyakubov Azamat Djumanazarovich Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.
Azamat Djumanazarovich 1985-yil Turkmaniston Respublikasida tug‘ilgan. 2014-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
Ilmiy darajasi va unvoni: Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Shu kunga qadar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ta'lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.