Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydeforlar” kafedrasi “O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi sovrindorlari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-son shu bilan birga, hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar, joriy “yo‘l xaritalari”ga binoan, 2022-yil 23-dekabr sanasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bir guruh talaba-yoshlar “O‘zbekgidroenergo” AJning nomdor stipendiyasi bilan taqdirlandilar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU) Ilmiy kengashi tomonidan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining nomdor stipendiyasini olishga tavsiya etilgan iqtidorli talabalar nomzodlarini ko‘rib chiqish va nomdor stipendiyalarni olishga tavsiya etish jarayonlari o‘rnatilgan tartibda tashkil qilindi.
“O‘zbekgidroenergo” AJning nomdor stipendiyasiga tanlov jarayonlari ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil qilinib, Jamiyatning nomdor stipendiyalariga nomzodlar taqdim etgan hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya yig‘ilishida sovrindorlar aniqlandi.
Oliygohda o‘tkazilgan tanlovda munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.


Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbekgidroenergo” AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunnatov tomonidan Jamiyat faoliyati hamda malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash, xususan iqtidorli talabalarni ijtimoiy rag‘batlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar borasida qisqacha maʼlumot berildi.

Tadbirda tanlovda g‘olib deb topilgan iqtidorli talabalarga Jamiyatning maxsus guvohnomasi hamda plastik kartochkalari tantanali ravishda topshirildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ ning nomdor stipendiyasi sovrindorlari bilan tanishing.
TAQU talabalari:
1. Meliboyeva Gulchexra Fayzulla qizi – “Interyer va landshaft dizayni” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti;
2. Beknazarov Usmonbek Ibroxim o‘g‘li – “Gidrotexnika qurilishi” (daryo inshootlari va gidroelektr stansiyalar qurilishi” taʼlim yo‘nalishi bakalavriatining 4-bosqich talabasi;
3. Kuliyev Asadbek Kaxramonovich – “Bino va inshootlar qurilishi fakulteti” taʼlim yo‘nalishi bakalavriatining 3-bosqich talabasi;
4. Raximboyev Nurseid O‘tkir o‘g‘li – “Interyer va landshaft dizayni” taʼlim yo‘nalishi bakalavriatining 3-bosqich talabasi;
5. Funtikova Radmila Yuryevna – “Qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti” kafedrasi taʼlim yo‘nalishi bakalavriatining 2-bosqich talabasi.
Taqdirlash tadbirlarida so‘zga chiqqan stipendiat talabalar tomonidan “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirilib, kelgusida o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, malakali va kuchli bilimga ega mutaxassis bo‘lib yetishishga, jonajon O‘zbekistonimizga munosib kadrlar sifatida xizmat qilishga vaʼda berildi.
“Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi mudiri Toshxo’jayev A.U., dots.Xidoyatov Z.D., ass. Burxanov B.A.,