U.Ch.Xudoykulovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz.

DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy Kengashning Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda U.Ch.Xudoykulovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish institutida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sizlarni 2022-yil 21-dekabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladigan (Yunusobod tumani, Yangishahar ko’chasi 9а-uy Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti, 3-bino, 106-xona) Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.
Kun tartibi: Xudoykulov Ural Charshanbiyevichning 05.09.08-“Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil etish” ixtisosligi bo‘yicha “Muhandislik tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini oshirish yo’llari (Samarqand shahri gaz ta’minoti tizimi misolida)” mavzusidagi tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: i.f.d. professor A.N.Jabriyev