30июл
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kahya va TAQI O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, professor Zafar Sattorov ishtirokida "Yangi zamon bino" OAJ direktori Kirill Mixaylov hamda direktor maslahatchisi .......




Uchrashuvda TAQIda tayyorlanayotgan 23 ta bakalavriat 25 ta magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalarini bandligini ta’minlash hamda "Yangi zamon bino" OAJda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar uchun qisqa muddatli kasbiy va til o‘rganish bo‘yicha hamkorlikdagi kurslarni tashkil etishga kelishib olindi.
Shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va dasturlarini "Yangi zamon bino" OAJ talablari asosida takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash tizimida o‘ta zarur, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur asosida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
TAQI Matbuot xizmati