01июл
X.R. Abduraimovaning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz.

DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy Kengashning Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda X.R. Abduraimovaning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish institutida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sizlarni 2022 yil 5 iyul kuni soat 1000 da o‘tkaziladigan (Manzil: Kichik xalqa yo‘li 7 uy, Qurilishni boshqarish fakulteti majlislar xonasi) Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.
Kun tartibi: Abduraimova Xadicha Rahmonqulovnaning 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha “Binoning zamini, poydevori va yer usti qismining birgalikda ishlashini hisobga olgan holda qurilish konstruksiyalarining kuchlanish-deformatsiya holatini tadqiq qilish” mavzusidagi tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: t.f.n. professor S.M. Maxmudov