22июн
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2022/2023 o‘quv yili uchun 25 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul jaryoni boshlanganligini eʼlon qiladi.

Hurmatli abituriyentlar, Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2022/2023 o‘quv yili uchun 25 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul jaryoni boshlanganligini eʼlon qiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari institutning yangi binosida(kampus) boshlanishi rejalashtirilgan.O‘quv binosida talabalarni bilim olishlari uchun auditoriyalar zamonaviy o‘quv jixozlari, ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirishlari uchun laboratoriya jixozlari bilan to‘liq taʼminlangan. Bundan tashqari talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, mustaqil taʼlim olishlari uchun o‘zbek va xorijiy adabiyotlari bilan boyitilgan kutubxona, talabalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport zallar, viloyatdan kelib taʼlim oladigan talbalar uchun yotoqxonada yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ishlab chiqarishda ishlayotgan talabalarga o‘qish uchun qulayliklar yaratish maqsadida o‘quv jarayoni soat 08:30dan 20:30 oralig‘ida tashkil etilishi rejalashtirilgan, bunda talabalar xoxish istaklariga binoan o‘quv jarayoni soat16:00dan 20:30 gacha tashkil etiladi.