16май
15may-Xalqaro oila kuni
16.05.2022 yil kuni 15may-Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Kvorking” markazida institut talabalari bilan “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” nomli ijodiy kecha o’tkazildi.
Tadbirda: O’zbekiston Xalq artisti Gavxar Zokirova, Toshkent arxitektura-qurilish institutining xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi Qosimova F.E., Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Mirzayeva F.T., Toshkent arxitektura-qurilish instituti psixologi Norova.N.M. hamda barcha fakultetlarning xotin-qizlar bo’yicha dekan maslaxatchilari Xalmamatova L.A., Sultanova Sh.Yu., Kurbanova N.B., Saidova Z.U. va talaba ishtirok etdilar.
Tadbir juda mazmunli va qiziqarli bayram dasturi ko’rinishida institut talaba-qizlarining ijodiy va she’riy chiqishlari bilan boyitilib o’tkazildi.
Gavxar Zokirova bilan suxbat davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarini berdilar va javoblar oldilar.



