21апр
TAQI tayanch doktorant Germaniya Federativ Respublikasida ilmiy stajirovka oʼtamoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish yuzasidan oʼtkazilgan tanlovda gʼolib boʼlgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari texnologiyasi" kafedrasi tayanch doktoranti – Аbdazov Dilshod Raxmadjon oʼgʼli Germaniya Federativ Respublikasida ilmiy stajirovka oʼtamoqda. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy stajirovka davomida D.Аbdazov Myunxen shaxrida joylashgan Myunxen texnika universitetining "Qurilish Kimyosi" kafedrasida bilim va tajriba orttirib, oʼzining dissertatsiya mavzusi boʼyicha koʼzda tutilgan tajribalarini amalga oshirmoqda.
