17янв
Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini tabriklash maqsadida tashrif buyurildi
Joriy yilning 11-yanvar kuni Yashnobod tumanidagi 30-sonli maxsus bolalar uyiga Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini tabriklash maqsadida tashrif buyurildi. Mazkur tashrif doirasida bolalarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi. Yashnobod tumanidagi 30-sonli maxsus bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va rahbariyati tomonidan institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga biriktirilgan Yunusobod tumanidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalar holidan xabar olish, ularni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlash, moddiy rag‘batlantirish ishlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 12-yanvar kuni institutga biriktirilgan Yunusobod tumanidagi “Yangibog‘” hamda “Axilobod” mahallalarga tashrif buyurildi. Mazkur tashrif doirasida mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi. Shuningdek, bolalar kayfiyatini ko‘tarish maqsadida mazkur tadbirga institut tomonidan Qorbobo taklif etildi hamda bolalarga konsert dasturi taqdim etildi. Tadbir so‘ngida tabarruk keksalarning duosi olindi.




