Toshkent arxitektura qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi
Toshkent arxitektura qurilish instituti Yoshlar ittifoqi
boshlang‘ich tashkiloti Kengashi
Kumakov Jaxongir Xamzaevich
Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Qabul kunlari: Har kuni, soat 08:00 dan 20:00 gacha
Rektorat binosi (moliya 2 bino) 3-qavat 307 xona
Telefon: +99890 176-55-00
Bugungi kunda instititut Yoshlar ittifoqi tomonidan bir nechta yirik loyihalar amalga oshirildi.
“TAQI Chempionlar ligasi” futbol musobaqasi;
“Zakovat” intellektuat o‘yinlari ligasi;
“Students party” talabalar kuni.
Instititut Yoshlar ittifoqi qoshida klublar tashkil etildi:
“TIACELIFE” Media klubi, Yoshlar teleradiokanali;
“Yosh ijodkorlar” klubi;
“Innovatsion g‘oyalar” klubi;
“Futbol” klubi;
2018 yilning fevral oyidan boshlab “Yoshlar murojaati” va “Yoshlarga murojaat” loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining
Maqsad va vazifalar
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
- yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
- iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
- yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosana’zo bo‘lish mumkin. Ya’ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.
SHUNINGDEK!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan – 2017 yil 30 iyundan buyon o‘tgan 7 oy mobaynida Ittifoq faoliyatiga doir jami 18 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Jumladan:
– O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni, 4 ta qarori, 1 ta farmoyishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 ta qarori, 1 ta farmoyishi.
"Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmonidan kelib chiqib, yoshlar masalalari bilan bog‘liq 70ga yaqin normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.