01дек
Ilmiy salohiyat
Toshkent arxitektura-qurilish institutida amalga oshirilgan ilmiy faoliyat natijalari bo‘yicha ma'lumot (2018-2020 yillar):
TAQI da oliy ta’limdan keyingi ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq tegishli vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik orqali quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi:
01.02.03 | Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi |
01.02.05 | Suyuqlik va gaz mexanikasi |
05.09.01 | Qurilish konstruksiyalari. Binolar va inshootlar |
05.09.05 | Qurilish materiallari va buyumlari |
05.09.08 | Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish |
08.00.03 | Sanoat iqtisodiyoti |
08.00.13 | Menejment |
11.00.07 | Geoinformatika |
18.00.01 | Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash |
18.00.02 | Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya kommisiyasi Rayosatining 2019 yil 30 dekabrdagi 273/2-son qaroriga asosan Toshkent arxitektura qurilish instituti huzurida: 18.00.01 – “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash”; 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/30.12.2019.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashi qayta tashkil etilib, uning asosida 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (arxitektura bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash tuzilishiga ruxsat berildi.
Toshkent arxitektura qurilish instituti, Toshkent temir yo‘llar muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti huzurida texnika fanlari (05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosliklari) bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashi qayta tashkil etilib, uning asosida 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” (texnika fanlari bo‘yicha), 05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari” (texnika fanlari bo‘yicha) hamda 13.00.02– “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari bo‘yicha) ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash tuzilishiga ruxsat berildi.
So‘nggi 3 yilda institutda yangi ixtisosliklar - 05.09.08 “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil etish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.13-“Menejment” va 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura ochildi.
2021 yilning 1 yanvaridan 10 ta ixtisoslik bo‘yicha 59 nafar tayanch doktorant (PhD) va 4 nafar doktorant (DSc)lar, shuningdek, tayanch doktorantura (PhD)da 22 nafar va doktorantura (DSc)da 2 nafar mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
2021 yilga Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi – stajor-tadqiqotchilik institutiga yosh olimlardan 4 nafari qabul qilindi.
Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, yosh olimlari va iqtidorli talabalari respublikaning ilmiy-texnik rivojlanishiga xizmat qiladigan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
2021 yilga Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi – stajor-tadqiqotchilik institutiga yosh olimlardan 4 nafari qabul qilindi.
Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, yosh olimlari va iqtidorli talabalari respublikaning ilmiy-texnik rivojlanishiga xizmat qiladigan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
- shaharsozlik, arxitekturaviy loyihalash, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash, turar-joy va jamoat binolarini milliy ruhda tabiiy sharoitlarni inobatga olib loyihalash;
- mahalliy xom-ashyo va sanoat chiqindilari asosida yangi qurilish materiallarini yaratish;
- bino va inshootlar zilzilabardoshligini ta’minlash;
- qurilish konstruksiyalarining mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlash;
- bino va inshootlarda injenerlik kommunikatsiyalaridan samarali foydalanish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish va boshqarishni takomillishtirish
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlarga Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida 650 dan ortiq iqtiboslik mavjud. Xirsh (h)-indeksiga ega profesor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar soni 2019 yilda 3 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yida 16 nafarni tashkil etdi.
Institut respublika OTMlari Milliy reytingi bo‘yicha 2017 yilda 42 o‘rinni, 2018 yilda 20 o‘rinni, 2019 yilda esa 15 o‘rinni egalladi hamda 2020 yilda respublika OTMlari orasida professor-o‘qituvchilar tomonidan Web of Science, Scopus tizimlaridagi ilmiy jurnallarda maqola chop ettirish bo‘yicha 13 o‘ringa sazovor bo‘ldi.