04май
“Rasm, rangtasvir va haykaltaroshlik” kafedrasi TTJda yashovchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar

2018 yil 4 may kuni rejaga muvofiq 1-sonli talabalar turar joyida "Rasm, rangtasvir va haykaltaroshlik” kafedrasi TTJda yashovchi talabalarga "Tasviriy sa’natning uslubi, ya’ni "Ebru” yo‘nalishi bo‘yicha video tasma namoish etdilar. Tadbirda kafedrakatta o‘qituvchi E.M.Nizamov va ass. F.A,Berdievlar bu yo‘nalish to‘g‘risida talabalarga kerakli va qiziqaroli ma’lumotlarni tavsiya etdilar. "Ebru” yo‘nalishida avvalgi davrlarda kitoblarni bezash maqsadida qo‘llanilganligi to‘g‘risida aytib o‘tdilar. Ular bu yo‘nalishni avzallik tomonlarini o‘rganish uslubi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdilar. Talabalar uchun tayyorlangan ushbu tadbirda kafedra mudiri Z.R.Bobomuratov, katta o‘qituvchilardan - E.M.Nizamov, J.T.Ishmatov, F.A.Berdiev, B.A.Usmonov, A.U.O‘roqov va Sh.Ch.Bekmirov va boshqalar ishtirok etdilar.
O‘ziga hos davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar tasviriy san’at va "Ebru” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Shundan so‘ng talabalar tasviriy san’at haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.