11окт
1 kurs talabasi nomiga musharraf bo‘lgan yoshlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Talaba yoshlar — mamlakatimiz yoshlarining eng ko‘zga tashlanadigan, intelektual boy qismi hisoblanadi. Talaba yoshlar haqida gap ketganda respublikamizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida Prezidentimiz ilgari surgan yagona g‘oya asosidagi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rish mumkin. Shunday yo'nalishlardan biri sifatida talaba yoshlarning har tomonlama barkamolligini ta’minlash masalasidir.
2018 yil 26-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutining katta majlislar zalida 2018-2019 o‘quv yilida 1-kurs talabasi nomiga musharraf bo‘lgan yoshlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Toshkent arxitektura qurilish institut rektori Hakimov Rovshan Rashodovich o‘zlarining tabrik so‘zlari, iliq fikrlarini bildirgan holda ochib berdilar.
Bugun O‘zbekistonda yangi 2018-2019 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlar, talaba-yu ustozlar uchun o‘z bag‘rini ochdi. Shu jumladan, Toshkent arxitektura-qurilish institutining talabasi bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lgan 600 dan ortiq yigit va qizlar ham yurtimizda faoliyat yuritayotgan ana shunday nufuzli institut katta majlislar zalida jamuljam bo‘ldilar.
Bu yig‘ilishdan maqsad institutning tartib qoidalari, o‘qish jarayonlari bilan talabalarni tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
So‘zga chiqqan institut rektori eng avvalo talabalarni prorektorlar dekanlar va kafedra mudirlari bilan tanishtirdi. O‘zlari bilim oladigan ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalariga qattiy rioya qilishlari va doimiy ravishda nazoratda bo‘lishlari tushuntirildi.
Yilish jarayonida 1-kurs talabalari tomonidan berilgan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan javob berildi. 1-kurs talabalaridan bir ishtirokchi chiqib, bu oliy ta’lim muassasasiga kirish ularga juda katta faxr xissini berganligi va bu oliy dargohning har bir qarich yerini ardoqlab, ustozlarni qadriga yetib bilib olishlari va hamma qo‘yilgan tartib intizomga so‘zsiz bo‘ysunishlarini aytib o‘tdi.
Talabalar orasida yaxshi va yomon holatlarining kuzatilish sabablaridan biri sifatida milliy turmush tarziga xos bo‘lgan holatlardan biri bo‘lgan – ayrim talabalarning o‘z qiziqishi bilan emas, balki ota-onaning istagi, yo‘naltirishi bilan oliy o‘quv yurtiga kirishiga e’tibor qaratishi mumkin. Bizningcha, talaba o‘qishga qiziqishi bo‘lmagan holda yoki o‘zi qiziqmagan oliy o‘quv yurtiga kirganidan so‘ng unda, avvalo, muassasasiga moslashuv jarayoni sust kechadi, ikkinchidan, u berilayotgan topshiriqlarni o‘zi istamagan holda majburan bajaradi, uchinchidan o‘quv faoliyati bilan bog‘liq holda unga yuklatilayotgan va undan bajarilishi talab etilayotgan topshiriqlar, talablar uning imkoniyatlari bilan mos kelmasligi o‘z-o‘zidan ravshandir. Talabalarning o‘quv faoliyati davrida yuzaga keladigan hayajonli vaziyatlardan chiqib keta olmasligining salbiy asoratlari ularning o‘quv faoliyati jarayonida berilayotgan topshiriqlarni bajarishiga ham o‘ziga hos holda salbiy ta’sir etishini kuzatishimiz mumkin: ya’ni talabaning o‘qish faoliyati jarayoniga befarqligi, davomat va o‘zlashtirishining pasayishi, surunkali dars qoldirishi va oxir-oqibat talabalar safidan chiqarilishi kabi muammolar nafaqat uning o‘zi uchun balki, o‘qituvchilar va dekanat uchun ham istalmagan holdir. Shularni hisobga olgan holda bugungi kun talabalarining hayajonli vaziyatlarga chidamliligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi ilmiy jamoatchilik oldida turgan vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu sabablarni oldini olish, talabalarda ilmga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun bizning oliy ta’lim muassasamizda barcha imkoniyatlar yetarli.
Yig‘ilish so‘ngida rektor R.R.Hakimov Oliy ta’lim muassasasining talabasi nomiga musharraf bo‘lgan talabalarning o‘qishlariga omadlar tilab barcha yoshlarni yana bir bor qutladilar.