| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



ABITURIYENT-2018

Ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektor Eshmuradov Dilshod Elmuradovich
1-11-2016, 10:16
Ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektor: Eshmuradov Dilshod Elmuradovich.
Telefon: +99871 2353266
Ma`lumoti: Oliy.
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi.
Chet tillarni bilishi: Rus tili (erkin), Ingliz tili, Turk tili (lug`at bilan).
Qo`shimcha ma`lumotlar:
Eshmuradov Dilshod Elmuradovich 1969 yili Toshkent shahrida tug`ilgan, millati – o`zbek, partiyasiz. 1992 yil Toshkent davlat texnika universitetini "Radioelektron jihozlarni ishlab chiqarish va texnologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha imtiyozli tamomlab, mehnat faoliyatini shu oily o`quv yurtida o`qituvchilikdan boshlagan.
1994 - 1999 yillarda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida,
1999 - 2012 yillarda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida ishlagan.
1995 yilda Turkiya Respublikasida Turkiya Tashqi siyosiy aloqalar Institutida tahsil olgan. Ikkinchi darajali ikkinchi kotib diplomatik unvoniga ega.
Xizmat safari yuzasidan Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Belgiya, Niderlandiya, Rossiya kabi davlatlarida bo`lgan.
2009 yilda professor A.Abdukayumov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2012 yili Toshkent davlat texnika universitetiga "Uchish apparatlari va aeroportlarning radioelktr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri lavozimiga ishga qabul qilindi.
2013-2015 yillarda "Havodagi harakatni boshqarish” kafedrasi mudiri.
2015 yil Aviatsiya fakulteti dekani.
2015 yil noyabrdan Toshkent arxitektura-qurilish instituti prorektori lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi