11окт
"TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI” ning Ustavi
O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
"TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI” ning
USTAVI
(yangi tahrirda)
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
"TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI” ning
USTAVI
(yangi tahrirda)
I. Umumiy qoidalar
1.1. Toshkent arxitektura qurilish instituti (keyingi o‘rinlarda matnda TAQI deb yuritiladi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi UP-203 – sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 13 maydagi 130-sonli qarori bilan, sobiq Toshkent politexnika institutining arxitektura, muhandis-qurilish, sanoat va fuqaro binolari qurilishi fakultetlari asosida tashkil etilgan va Toshkent arxitektura qurilish instituti (Toshkent arxitektura qurilish instituti) deb nomlangan. Avvalgi Ustavlar Shayxontoxur tuman TSRO‘ inspeksiyasida 2001-yil 11-aprelda 387-sonli reestr raqam bilan, 2005-yil 7-apreldagi №R-000723-09 reestr tartib raqami bilan, keyinchalik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2010 yildagi 262-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 2010 yil 3 avgustdagi №R-000723-09 bilan qayta davlat ro‘yxatiga olingan.
1.2.TAQI O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinda matnda Vazirlik deb yuritiladi) tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
TAQI davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot hamda boshqa faoliyatni amalga oshiradi va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
1.3.TAQI o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari, buyruqlari va Hay’at qarorlari, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi.
1.4.TAQI yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
TAQI joylashgan manzil:
100011 Toshkent shaxar, Shoyxontoxur tumani, Navoiy kuchasi, 13.
TAQI ning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to‘liq (qisqa) nomi:
Toshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI)
Toshkent arxitektura qurilish instituti (TAQI)
Tashkentskiy arxitekturno stroitelnыy institut (TASI)
Tashkent institute of architecture and construction (TIAC)
II. Toshkent arxitektura qurilish institutining
asosiy vazifalari
2.1. TAQI ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy - ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;
- har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
- ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;
-iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiyqadriyatdarini saqlash va boyitish;
- aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko‘tarish;
- iqtisodiyotning tegishli sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
-xodimlarga, talabalarga TAQI hududida Qonun doirasida maishiy xizmatlar ko‘rsatadi (oshxona, shaxobchalar va xk.) .
III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari,
ularning huquq va majburiyatlari
a) Talabalar:
3.1.TAQIrektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs TAQI ning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.
TAQI ga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus (texnikumlar, bilim yurtlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar arizalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o‘qishga qabul qilish kafolatlanadi.
3.2.TAQI ning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olishga;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra raxbariyatiga bildirishga va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
- oliy ta’lim muassasasi va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashishga va ularning natijalarini nashr etishga va bu haqda axborotlar berish;
- oliy ta’lim muassasasida qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish va ular ishida qatnashish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari bo‘yicha va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Tibbiy ko‘rsatkichlar va boshqa istisno hollarda, talabaga ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
1 kurs talabalariga akademik ta’til istisno hollarda, sog‘lig‘i bilan bog‘liq tibbiy xulosalar asosida qat’iy yakka (individual) tartibda berilishi mumkin.
3.5. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
3.6.TAQIning talabalar turar joyiga muhtoj talabalari institut talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida to‘laydigan to‘lovlarning hajmi kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni va boshqa turdagi harajatlarni qisman yoki to‘la qoplanishini inobatga olib, institut tomonidan belgilanadi.
Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, institutning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining o‘zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruhsat etiladi.
3.7.TAQI dan o‘z hohishi yoki uzrli sabablarga binoan chetlashtirilgan talaba, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega.
Ilgari oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TAQI ning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni TAQIga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) mumkin emas.
Talabalar o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3.8.TAQI talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilganbilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda TAQI ning Ustaviga, Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va Talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
3.9. Ushbu Ustav va TAQIning Ichki tartib va Odob-ahloq qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgani taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.
Talabalar turar joyida yashovchilar Ushbu Ustav va TAQIning Ichki tartib va Odob-ahloq qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgani taqdirda talablar turar joyidan chetlashtirilishi nazarda tutiladi.
Talaba TAQIdan quyidagi hollarda talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z hohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim mussasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumotnomasi asosida);
g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
ye) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
TAQI ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 14-bandi "d” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, institutning "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.
Talabaga nisbatanqo‘llanilganintizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda hatti - harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti - harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.
Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma’lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan oliy ta’lim muassasasiga ma’lum qilinadi.
b) Tinglovchilar:
3.10. TAQI qoshida qurilish sohasi menedjerlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish Markazi hamda TAQI huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq Markazida tahsil olayotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi ta’lim xizmatlarini olish qismi bo‘yicha TAQI ning Ustaviga muvofiq ta’lim olayotgan talabalarning maqomi bilan tenglashtiriladi.
TAQI qoshida qurilish sohasi menedjerlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish Markazi hamda TAQI huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq Markazida ularning Ustavlariga asosan pullik xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
v) Katta ilmiy hodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar:
3.11.TAQIning katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil izlanuvchilari bo‘lib, muayyan ixtisoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan va tegishli ilmiy darajani olish uchun doktorlik dissertatsiya tayyorlayotgan shaxslar hisoblanadi.
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti — ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi izlanuvchilari uchun tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
katta ilmiy xodim-izlanuvchi — katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.
3.12. Oliy o‘quv yurtidan keyingi uch yilgacha davom etadigan ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti;
mustaqil izlanuvchilik.
3.12.1.Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimiga qabul qilish TAQI rektori tomonidan tayinlanadigan maxsus komissiyalar tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtixonlari natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.12.2.Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
3.12.3.Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
kamida ikki yillik ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomiga yoki unga teng bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oliy ta’lim muassasalari diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish;
muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida fan doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ikkita tezisga ega bo‘lish;
xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, internetdan foydalana olish.
3.12.4.Mustaqil izlanuvchilar sifatida rasmiylashtiriladigan shaxslar quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
kamida besh yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lish;
bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati oliy harbiy ta’lim muassasalari diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish;
muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish, va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga bitta yoki undan ko‘p patentga muallif (hammuallif) bo‘lish va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnologik ishlanmalarda qatnashganlik;
xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, internetdan foydalana olish.
3.12.5.Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligiga mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtixonlar topshirishi kerak.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan katta ilmiy hodim-izlanuvchilarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy ta’lim muassasasining o‘zida yoki boshqa joylarda o‘rindoshlik asosida ishlashi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar institutiga qabul qilish, tugatish, shuningdek, dissertatsiya ustida ishlayotganliklari uchun imtiyozlar berish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonliFarmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
g) TAQI ning professor - o‘qituvchilari tarkibi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy - xo‘jalik xodimlari (personali)
3.13.TAQI da professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik - texnika, ma’muriy - xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv - yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
Professor - o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi, assistent va stajor lavozimlari kiradi.
3.14. Professor - o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash "Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
TAQIning prorektori rektor tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligirahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Fakultet dekani Vazirlik bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida tayinlanadi.
3.15.TAQIning professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
- belgilangan tartibda TAQIning va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
- TAQI ning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
- TAQIning axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
- o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
- qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
- o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
- xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
- o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
- nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
- talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.16.TAQIningprofessor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, TAQI Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalariga hamda Odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilish; o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
- ish jarayonida muloqat qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
a) o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, o‘quv qo‘llanma tayyorlash, o‘quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda;
d) TAQI Kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;
ye) o‘z malakasini muntazam ravishda oshirish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda "master klass”lar o‘tkazish;
- o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida ishtirok etish;
- o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish;
- mehnatni muxofaza qilish xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
- muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan xaqiqiy moddiy zararni qoplash;
- muassasa jamoatchilikishlarida qatnashish;
-pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
- zamonaviy sivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim
oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha
yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni
shakllantirish;
- chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
- «Ustoz-shogird» tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
-kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
- darslarni yuqori saviyada o‘tish;
- fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan
fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting
nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida
tasdiqlash;
- reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- talabalar bilimini xolisona baholash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash;
- ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda
faol qatnashish;
3.17. Muassasa professor-o‘qituvchi xodimlarining chet el xizmat safarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 13.04.05 y. 81-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.17.1.Institut rektor va prorektorlarini chet el xizmat safarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi PQ-2142 sonli "Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillshatirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.
3.18.TAQI oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari tarkibiga uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.
3.19.TAQI ning ma’muriy-xo‘jalik, muhandislik-texnika, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib-qoidalari hamda Odob-ahloq qoidalari va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
IV. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar
4.1.TAQI quyidagi yo‘nalish, mutaxassislik va ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda qo‘shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ning dasturlarini amalga oshiradi:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:
a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda (bakalavriat) o‘quv shakli
5111000 Kasb ta’limi (binolar va inshootlar qurilishi)
5111000 Kasb ta’limi (muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji)
5111000 Kasb ta’limi (qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi)
5111000 Kasb ta’limi (shahar qurilishi va xo‘jaligi)
5140900 Kasb ta’limi (servis)
5150900 Dizayn (turlari bo‘yicha)
5311500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)
5340100 Arxitektura (bino va inshootlar)
5340200 Binolar va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)
5340300 Shaxar qurilishi va xo‘jaligi
5340400 Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish)
5340500 Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chikarish texnologiyasi
5340700 Gidrotexnika qurilishi (daryo inshootlari va gidroelektrostansiyalar qurilishi)
5340900 Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish
5610100 Servi