| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Toshkent arxitektura-qurilish instituti talaba-yoshlarining “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng yaxshi startap loyiha”, “Eng yaxshi texnologik ishlanma” tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha
15-10-2018, 16:55

Toshkent arxitektura-qurilish instituti talaba-yoshlarining

"Eng yaxshi innovatsion loyiha”, "Eng yaxshi startap loyiha”,

"Eng yaxshi texnologik ishlanma” tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha

 

NIZOM

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Nizom Toshkent arxitektura-qurilish instituti talaba-yoshlari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazishdan maqsad:

·Talaba-yoshlar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar yaratishni rag‘batlantirish;

·Loyihalar yaratish ko‘nikmalarini hosil qilish;

·Institut talaba-yoshlarini Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;

·Istiqbolli loyihalarni yuzaga chiqarish va ajratib olish;

·Istiqbolli loyihalar bazasini shakllantirish;

·Ishlab chiqarish bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1.3. Tanlov tashkilotchilari: TAQI Ilmiy Kengashi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘lim, fakultetlar, kafedralar.

Tanlov tashkilotchilari:

·Tanlovning barcha ishtirokchilariga bir xil sharoit yaratishni;

·Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumotni institutning barcha talabalariga e’lon qilinishini;

·Sohaning yetuk mutaxasislari orasidan tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish;

·Tanlov komissiyasini ob’ektiv qarorga kelishi uchun shart-sharoit yaratishni ta’minlaydilar.

1.4. Tanlov komissiyasi Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori tomonidan tasdiqlanadi.

1.5. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

·Tanlov o‘tkazish jarayonini tashkillashtiradi;

·Tanlov o‘tkazish bo‘yicha dasturlarni shakllantiradi;

·Tushgan arizalarni jamlash va baholashni ta’minlaydi;

·Tanlovga topshirilgan loyihalarni o‘rganadi va g‘oliblarni aniqlab, qaror qabul qiladi.

2. TANLOVNI O‘TKAZISh TARTIBI

2.1. Tanlov mutaxasislik kafedralari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

2.2. Bir nafar ishtirokchi tanlovda qancha bir qancha loyiha bilan qatnashishiga chegara qo‘yilmaydi.

2.3. Tanlovga iqtisodiyot, arxitektura, qurilish sohalari va tarmoqlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan, texnik va texnologik qayta jihozlashga minimal xarajat talab qiladigan istiqbolli mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan, ehtiyoj yuqori bo‘lgan loyihalar bilan qatnashish talab etiladi.

2.4. Tanlovga topshirilgan loyiha va ishlanmalarning ko‘rgazmalarini, tajribalarini, taqdimotlarini namoyish etish tanlov komissiyasi tomnoidan qo‘llab-quvvatlaniladi.

2.5. Tanlovda loyihaning holati qaysi bosqich (g‘oya bosqichi – seed stage, boshlash bosqichi – start-up stage, dastlabki o‘sish bosqichi – early growth stage, kengayish bosqichi – expansion stage, chiqish bosqichi – exit) da bo‘lishidan qat’iy nazar ishtirok etish mumkin. Bunda loyiha quyidagi talablarga javob berishi tavsiya etiladi:

·Loyihaning investorlar tomonidan talab darajasi;

·Loyihaning yangiligi, dolzarbligi;

·Loyihaning investitsion zarurligi, ishlanmaning tijorat potensiali va o‘zini qoplash muddati;

·Loyihaning barcha etaplarini amalga oshirishni moliyalashtirishning asoslanganligi;

·Loyihaning ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy samradorligi;

·Loyihaning ijtimoiy ahamiyati;

·Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyalari, sertifikatlash;

·Ekologik samaradorlik;

·Bozorning mavjudligi;

·Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO – International Organization for Standardization) talablariga javob berishi.

2.6. Tanlovni o‘tkazish va taqdim etilgan materiallarni baholash va tanlov o‘tkazish taklifi uchun tanlov komissiyasi tuziladi.

2.7. Tanlov komissiyasi tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan loyihalarni 1-ilovada keltirilgan mezonlarda baholaydi.

2.8. Tanlov o‘tkazish vaqti va joyi Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori tomonidan belgilanadi.

2.9. Tanlov g‘oliblari Respublika tanloviga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi