| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Malaka oshirish markazi
3-11-2016, 11:54
Malaka oshirish markazi
Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi"Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi ”Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 sentyabrdagi 408-sonli qarori bilan ro`yxatga olingan Nizom asosida ish olib boradi.

Markaz O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining qaror va buyruqlari hamda uning Ustavi asosida faoliyat ko`rsatadi

Markazning maqsadi- mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o`zgaruvchan еhtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko`rsatish uchun kadrlarning madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish yoki yangi kasbiy bilim va ko`nikmalar еgallashga kadrlarni qayta tayyorlashdir.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • Arxitektura va qurilish sohasidagi menejerlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

  • Ushbu sohalardagi zamonaviy yutuqlar asosida o’qitishning uslub va texnologiyalarini tizimli takomillashtirish;

  • O’quv-uslubiy va me`yoriy materiallarni ishlab chiqish, o’quv jarayonining uslubiy va informasion bazasini yangilash va takomillashtirib borishdan iborat.

  •  

    Markazda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan:

  • Pudratchi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari;

  • Respublika shahar va tumanlarining bosh arxitektorlari;

  • Loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha bosh muxandislari, arxitektorlari va etakchi konstruktorlari;

  • Loyiha-qidiruv tashkilotlarining muxandis-smetachilari;

  • Bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish;

  • Landshaft dizayni;

  • Suv xo’jaligida menejment va loyihalash texnologiyasi;

  • Kompyuter grafikasi (AutoCAD, 3DS MAX);

  • LIRA dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi "Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida malakalarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 73-son qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida "Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi”da"Tayanch o’quv markazi”tashkil etilgan."Tayanch o’quv markazi”rahbari etibFeruza Islamovatayinlangan.