| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Axborot texnologiyalari markazi
3-11-2016, 11:53

Axborot texnologiyalari markazi

Markaz rahbari -Ummatov Elmurat Eshmuratovich

Telefon:(8371) 244-52-84

 

Markaz faoliyati haqida ma'lumot:Markaz o'zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko'rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo'yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko'rsatiladigan xizmat va ish turlari bo'yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo'jalik sub’ektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O'zbekiston Respublikasi qonunlarida va TAQI Nizomida ko'rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo'jalik faoliyati barcha sohalar bo'yicha shartnoma asosidagi o'zaro munosabatlar yordamida o'rnatiladi. Markaz O'zbekiston Respublikasi qonuniga va TAQI Nizomiga zid bo'lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo'jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

 

Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko'rsatadi:

  • axborot marketingni tashkil etish;

  • axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;

  • masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;

  • horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash;

  • internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;

  • hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;

  • axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash.