| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Axborot resurs markazi
3-11-2016, 11:51
ARM direktori: Vakilova Durdona Rahimovna
Telefon: 244-63-30
E-mail: durdona1966-2011@mail.ru
Ma`lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Yo`q
Ilmiy unvoni: Yo`q
Chet tillarni bilishi: Rus tili
Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi: Kutubxonachi-kutubxonashunos
       Toshkent arxitektura qurilish instituti kutubxonasi 1992 yil tashkil etildi.  Kutubxona 2007 yildan boshlab yangi maqom "Axborot resurs markazi” (ARM) nomi bilan atalmoqda. Axborot resurs markazi faoliyati  2011 yil 13 aprelida qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasining axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi Qonun asosida ish faoliyatini yuritmoqda. 
Axborot resurs markazi fondi 2017 yil fevral oyi holatiga ko’ra 16938  nomda 251494 nusxa kitoblar, 6000 dan oshiq elektron kitoblar, 82 nomdagi gazeta va jurnallar tashkil etadi.
         Axborot resurs markazi fondi "O’zbekiston”, "Ma’naviyat”, "O’qituvchi” nashriyotlari va institutimiz professor-o’qituvchilari tomonidan nashr   qilingan  yangi adabiyotlar bilan boyitib kelinmoqda.
2017 yil uchun Respublikada vaqtli matbuot nashrlariga 82 nomdagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etildi. Bundan tashqari Rossiya davlatida nashr etiladigan "Архитектура Строителство Дизайн”, "Архитектура и строителство России”, "Ландшафтний дизайн, Экономика и строителства” va "Интерер+Дизайн” jurnallariga obuna tashkil qilindi.
         Axborot resurs markazi o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etildi. Axborot resurs markaz kompyuterlariga avtomatlashtirilgan kutubxonalarning dasturiy ta’minoti bo’lgan IRBIS, ARMAT tizimlari o’rnatilgan.
ARMAT tizimi Axborot resurs markazi serveriga o’rnatilgan va lokal tarmoq orqali muntazam ishlashi ta’minlandi. Mazkur tizim Axborot resurs markaziga moslashtirildi. Axborot resurs markazida vazirlik korporativ tarmog’idan to’liq foydalanish yo’lga qo’yildi. Yangi kelgan nashrlar hamda bakalavr va magistraturada o’qitiladigan fanlar bo’yicha elektron shaklga o’tkazilgan o’quv adabiyotlari tizimga kiritib borilmoqda. 
  1. sherzodbek

    ahborotlashgan kutubxonaning dasturiy taminoti haqida malumot kerak