| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



15-15 BIQ guruh talabalari ishtirokida “Partiya mening taqdirimda” mavzusidagi ochiq muloqot
18-05-2018, 09:24
 
2018-yil 16-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutining kichik majlislar zalida Toshkent shahar, Shayhontohur tuman kengashi raisi, O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Xolsaidov Saidaxror Saidburxonovich, BIQ fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Abdullayev, "Qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Salimova, "Bino va inshootlar” kafedrasi assistenti X.Abduraimova, "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti 15-15 BIQ va 12-15 BIQ guruhi talabalari ishtirokida "Partiya mening taqdirimda” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustavi va dasturi, partiyaning umumsiyosiy vazifalari, partiyaning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalari, partiyaning sud-huquq tizimini isloh qilish sohasidagi vazifalari, iqtisodiy sohadagi vazifalari, ijtimoiy sohadagi vazifalari, partiyaning axborot sohasidagi va tashqi siyosat sohasidagi vazifalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tildi. Asosan partiyaning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalari haqida ko‘proq to‘xtalib, milliy qadriyatlarimizni tiklash boy merosimizni, ulug‘ bobokalonlarimiz sharafiga yaratilgan tarixiy obidalarni avaylab asrash haqida, yoshlarni shijoatli bo‘lishga, har bir shaxsning individual tashabbuskorlikka ega bo‘lishiga undovchi fikrlar bildirildi.
Ushbu ochiq muloqot chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan baxs-munozara olib bordilar va mutaxassis tomonidan qoniqarli javoblarni olishdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi