| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talaba-yoshlar mutaxassislik fanlarini yaxshi o‘zlashtirish maqsadida qurilish maydonlarida ko‘chma darslar uyushtirilmoqda
18-05-2018, 09:21
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2017-yildagi № PQ-3151 sonli Qarorida keltirilgan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini o‘tkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini ta’minlash yuzasidan Toshkent arxitektura-qurilish institutida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
2018-yilning 16-may kuni TAQI "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti "Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Shukurova rahbarligida” "Qurilish konstruksiyalari” fanidan 46-15 IK hamda 46v-15 IG guruh talabalarini nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida Toshkent shahrining Sergeli tumani, Sergeli 7 dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy komplekslariga tashrif buyurdilar. Xalqimiz orasida ajoyib bir naql bor: "Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal”. Ushbu naqlga amal qilgan holda hamda TAQIning bo‘lajak quruvchi-prorablarini xohish va istaklarini inobatga olib, uylarni qurish jarayonlarini o‘rganishga kirishib ketdik. Asos ya’ni poydevor ishlari,  g‘isht terish ishlari, beton quyish jarayonlari, karkaslarni to‘qish sirlari, minorali kranlarni ishlash prinsiplari, ekskavatorlarni ish unumdorligi, skvajinalar qazish, pardozlash ishlari, liftlarni montaj qilish va boshqa bir qancha qurilish jarayonlarini ko‘rib o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi.
 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi