| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Minor jome’ masjidiga o‘tkazilgan sayohat
16-05-2018, 10:17
15 may 2018 yil kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Qurilish boshqarish” fakultetining "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilaridan murabbiylar N.Buranova, N.Sultonova, Sh.Shakarov murabbiylik guruhlari 31-15, 33-15, 34-15 lar bilan birgalikda  "Minor jome’ masjidi”ga tashrif buyurildi. Bu majmua Islom olamida dinning mukammal holatida  e’tiqod qilish namunasi sifatida qarash mumkin. Bu ko‘rkam inshoat Toshkent shahrining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turganligi xususida guruh murabbiylari to‘xtalib o‘tdi. Talabalar ham islom dini mukammal din ekanligi bu dinda 5 ta farzning ado etilishi haqida  gapirib, kitoblarni varaqlab ko‘rishdi. Istiqlol yillarida mustabid tuzumi davrida harobaga aylantirilgan muqaddas qadamjolar, muhim tarixiy obidalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi an’anaviy uslubdagi mo‘tabar maskanlarning bunyod etilishi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardandir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita g‘oya va amaliy takliflari asosida bunyodga kelgan shahrimizdagi muhtasham "Minor” masjidi ana shu fikrlar dalilidir. Mazkur masjid o‘z loyihasida milliy me’morchiligimizning, butun dunyoda mashhur bo‘lgan masjid va madrasalarning azaliy an’ana va uslublaridan ijodiy foydalanilganligi bilan har jihatdan betakror, muazzam majmua bo‘lib qad ko‘tardi.
Masjidga "Minor” nomining berilishi uning shu nomli mahallada joylashganligi sabablidir. "Minor” aslida arabcha «manor» so‘zidan olingan bo‘lib, «mayoq», "balandlik” kabi ma’nolarga dalolat qiladi. Mazkur mahalla oqsoqollarining aytishlaricha, qadimda bu mahalla shaharning boshqa hududlariga nisbatan balandlikda joylashgan.
2014-yilning 4-oktabr sanasi Muborak Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, me’mor va quruvchilar, mahalla oqsoqollari hamrohligida Minor masjidining ochilishida bevosita ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari masjidning ichki va tashqi ko‘rinishi, bahavo ayvonlari, milliy o‘ymakorlik san’ati asosida ishlangan ustunlar, bino qubbasidagi oltin suvi bilan ziynatlangan naqshu-nigorlarni ko‘zdan kechirib qo‘li gul ustalarimiz ijodiga yuksak baho berdi.
Sayoxat qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M