| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Islom sivilizatsiyasi markazi” va Ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilayotgan qurilish maydonlariga Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Arxitektura" fakulteti 7-15-guruh talabalari fan o‘qituvchisi boshchiligida tashrif buyurdilar
14-04-2018, 14:33
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 27.07.2017 yildagi PQ-3151 sonli ”Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Qurilish konstruksiyalari” fanidan dars jarayonini amaliyot bilan bog‘lash, temirbeton konstruksiyalari bilan yaqindan tanishish uchun "Islom sivilizatsiyasi markazi” va Ko‘p qavatli turar joy majmuasi qurilayotgan qurilish maydonlariga Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Arxitektura" fakulteti 7-15-guruh talabalari fan o‘qituvchisi boshchiligida tashrif buyurdilar. Bu yerda poydevor konstruksiyalari, poydevor yostiqchasi, ustun va to‘sin konstruksiyalarining armaturalanishi, orayopma plitalari va yuk ko‘tarish konstruksiyalarini montaj qilish jarayonini talabalar amalda ko‘rdilar. Shu bilan bir qatorda fan o‘qituvchisi S.Yusufxo‘xayev va M.To‘xtaboyevalar dars jarayonidagi mavzularimizni qurilish davomida amaliy jihatlarini tushuntirib berdilar. 
Amaliyot davomida Toshkent shahridagi qadimiy obidalardan "Xasti Imom” majmuasiga borib ko‘p asrlik imoratlarni barpo etilish tarixi bilan tanishdilar. Majmua atrofidagi eski shahar turar-joy uylarining sinch devorlarini poydevor qismlarini o‘z ko‘zilari bilan ko‘rib, hozirgi zamonaviy qurilishlardagi karkas sestemalari ancha asrlar oldin bizning ota bobolarimiz tarafidan qurilishda qo‘llanilganini bilib oldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M