| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
"Arxitektura" fakulteti 7-15-guruh talabalari murabbiyi bilan birgalikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munasobati bilan Amir Temur Davlat muzeyiga sayohat uyushtirdilar
14-04-2018, 14:30
Toshkent arxitektura-qurilish institutining, "Arxitektura" fakulteti 7-15-guruh talabalari va guruh murabbiyi bilan birgalikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining  682 yilligi munasobati bilan Amir Temur Davlat muzeyiga sayohat uyushtirdilar. 
Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur barpo etgan buyuk davlatning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni beqiyosdir. 
Muzey xazinasida O‘zbekiston tarixi, Amir Temur va temuriylar davri tarixini aks ettiruvchi ashyolar saqlanadi. Bular – Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qo‘lyozmalar, yozishmalar, oltin, kumush va mis tangalar,  sopol, bronza va mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, etnografik buyumlar, Amir Temur va temuriylar davri zargarlik buyumlari namunalari, shuningdek, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjididan topilgan ashyolar va h.k. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyasidan 1000 dan ortiq eksponatlarni tomosha qilib talabalar buyuk tarixga ega vatinimiz farzandi ekanligidan o‘zlarida cheksiz g‘urur-iftixor his qildilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M