| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
"Arxitektura" fakulteti talabalarining “Jasorat va mardlik” haykaliga tashrifi
13-04-2018, 12:46
Toshkent arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakulteti 3a-16APOT guruh talabalari joriy yilning 10 aprel kuni Toshkent shahrida 1966-yilda kuchli zilzila bo'lgan kunga bag‘ishlab bunyot etilgan "Jasorat va mardlik” haykaliga tashrif buyurdilar.
Guruh rahbari va talabalar o‘rtasida ush bu zilzila 1966-yil 26-aprel soat 5 dan 24 daqiqa o‘tganda bo‘lib o‘tganligi va 8,3 ballik zilzila Toshkent shahrining ko‘rinishini umuman o‘zgartirib yuborganligi, qanchadan-qancha odamlar vafot etganligi, boshpanasiz, yetim qolgan bolalar haqida suhbat olib borildi. Hozirgi kunda esa shu zilzila o‘chog‘i bo‘lgan joyda O‘zbek xalqining hamjihatligi, jasurligi va mardligi timsoli bo‘lgan "Jasorat va mardlik” haykali o‘rnatilgan. Guruh talabalari qalb to‘la g‘urur va iftixor bilan o‘tganlarni xotirlashdi. 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M