| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Sohibquron avlodlarimiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida
13-04-2018, 08:42
2018 yil 12 aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Bino va inshootlar qurilishi" fakultetining kichik majlislar zalida Talaba-yoshlar o‘rtasida "Sohibquron avlodlarimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Abdullayev, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Tulqinov, "O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari D.Atahanova, Sh.Asqarova, Sh.Aripova, O.Ismoilova, I.Qaxxarova, M.Haydarova, Z.Yuldasheva hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirni kirish so‘zi bilan A.Abdullayev ochib berdib, so‘z navbatini  "O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Aripovaga berdi. U o‘z so‘zida Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi. Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib, barqarorlashganidan keyin, mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlana  boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-xo‘jalik aloqalari kengaydi.
Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi haqida "Temur tuzuklari” degan nomda mashhur bo‘lgan maxsus kitob yozilgan edi. Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi deya gapirib so‘z navbatini  "O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Asqarovaga berdi. Sh.Asqarova o‘z so‘zida 1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib Sug‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob harobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi. "Kuch adolatda” shiori butun Amir Temur davlati  hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.
XIV-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharqning tijorat, iqtisod  va madaniyat markaziga aylanib bordi. Chingizxon qo‘shinlari tomonidan tag-tubigacha vayron qilingan Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz,Toshkent, Marv, Hirot kabi va boshqa qadimiy shaharlar obod bo‘la boshladi. Masjidu madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va hammomlar qurildi.
Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan  Samarqand, Amir Temurning niyatiga ko‘ra, kurrayi zamindagi eng chiroyli shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan shaharga aylandi. Me’mor va bunyodkor ustalarning bahamjihat sa’y-harakatlari tufayli jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi va u ijodning go‘zal namunalarini in’om etdi deya ta’kidladi. Tadbir juda qiziq savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi