| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Yunesko va Xitoy xalq hukumatining “Buyuk Devor” deb nomlangan stipendiyasi haqida ma’lumot
12-03-2018, 15:58
YuNESKO va Xitoy xalq respublikasi (XXR) hukumati 2018-2019 yil uchun "Buyuk Devor” deb nomlangan stipendiyasi uchun tanlov e’lon qildi. Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy ta’lim muassasalarida tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha bir yillik ilmiy tadqiqot olib borish o‘quv kursi tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining Xitoyga tahsil olishi, borib-kelish aviachiptalari va boshqa barcha harajatlari YuNESKO va XXR hukumati tomonidan qoplanadi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar oliy ta’lim muassasasi bilan kelajakda o‘z faoliyatini bog‘lashga intilgan stajor-tadqiqodchi, yosh o‘qituvchilar orasida tanlab olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Nomzodlar magistr darajasiga ega va 45 yoshdan oshmagan bo‘lishlari, ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.
Tanlov shartlariga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni www.csc.edu.cn/laihua  va http://www.campuschina.org elektron sahifasidan olishingiz mumkin.
 
Xalqaro aloqalar bo'limi

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi