| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ABITURIYENT-2018

"Fakultetimiz hududini eng namunali va toza-ozoda maskanga aylantiramiz" shiori ostida o'tkazilgan shanbalik
12-03-2018, 10:34

Ma’lumki, talaba-yoshlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadlaridan biridir. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Har qaysi ustoz va murabbiy har bir talaba timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Shu maqsadda institut talabalarini ma’naviy yetik, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirishga hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mavzularda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Shu bilan bir qatorda institut talaba-yoshlar qalbida nafaqat o‘z vataniga sodiqlik ruhida tarbiyalash shu barobarida o‘z ta’lim maskaniga bo‘lgan mehr-muhabbatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Hamda ushbu dargohni "Fakultetimiz hududini eng namunali va toza-ozoda maskanga aylantiramiz” nomli shiori ostida 2018 yil davomida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yil 10-11 mart kunlari fakultet 4-bosqich 31-14KMEB guruh talabalari va murabbiysi bilan birgalikda fakultet hududida tozalik va obodonlashtirish ishlarini olib borishdi.

 

"Fakultetimiz hududini eng namunali va toza-ozoda maskanga aylantiramiz" shiori ostida o'tkazilgan shanbalik

 

Bu kabi hayrli ishlarni nafaqat institut miqyosida balki Mirobod tumanidagi mahallalarda, Mehribonlik uylarida amalga oshirish bir an’anaga aylanib qolgan. Institut talaba-yoshlari obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik ishlariga alohida e’tibor qaratib kelishadi. Jumladan, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 2018 yil 10-11 mart kunlari mamlakat miqyosida e’lon qilingan umumxalq hasharida institut hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, institut hududlarida manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari, gul ko‘chatlarini ekildi, daraxtlar oqlandi va butalash ishlari olib borildi. Hudud irrigatsiya tarmoqlari va yo‘laklar tartibga keltirildi, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazilish jarayonida to‘plangan chiqindilar olib chiqilishi ta’minlandi. Tadbirda institut kafedra o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.

Bu kabi tadbirlar orqali talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, shu yurtning yanada gullab-yashnashida o‘z hissasini qo‘shish ko‘nikmasini yaratish hamda o‘z maskanini yanada go‘zal, namunali bo‘lishida jonkuyar bo‘lib kamol topish ko‘nikmasi yaratiladi.

 

 

"Qurilishni boshqarish" fakulteti.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi