| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi va shoir”
14-02-2018, 09:54
2018 yil 13 fevral  kuni bo`lib o`tgan "Muloqot soati” doirasida "Qurilishni boshqarish” fakultetining 203-auditoriyasida "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o`qituvchilari N.Buranova, A.Xudayorov, N.Sultonovalar 31-15, 33-15 murabbiylik guruhlari bilan "Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi va shoir” mavzusiga bag’ishlangan tadbirda qatnashdilar.
Tadbirda A.Xudayorov Zahiriddin Muhammad Bobur o`rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligini, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo`lsa, serjilo o`zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi, uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she`riyatning eng nodir durdonalari bo`lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», «Aruz haqida»gi risolalari esa islom qonunshunosligi, she`riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo`lib qo`shilganligini slaydlar va tarixiy xujjatlar bilan bayon etdi.
Shuningdek, guruh murabbiylari ham Boburning ilmiy merosiga to`xtalib, Bobur qisqa bir vaqt ichida Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to`g’ri yo`lga qo`yish, bog’-rog’lar yaratish ishlariga homiylik qilganligini, Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo`lgan me`moriy yodgorliklar, bog’lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning o`g’illari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyilganligi to`g’risida to`xtalib o`tishdi.
Davra suhbati qiziqarli tarzda o`tdi,  talabalar maroq bilan tinglashdi va qiziqtirgan savollariga javob oldilar, davra suhbati qiziqarli tarzda o`tdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi