| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Arxitektura fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligini nishonlash bo'yicha o'tkazilgan tadbirlar
10-02-2018, 18:12
Jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligini keng nishonlash maqsadida "Arxitektura fakulteti”  9-fevral kuni o‘tkaziltgan "Alisher Navoiy ijodi – milliy ma’naviy xazinamiz” mavzusida talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Barcha guruhlarda Alisher Navoiy she’riyatiga oid sherlar o‘qilib, Navoiyxonlik kechalari tashkil etildi. Xazratni yaratib qoldirgan ulkan meros g‘azal va she’rlari, doston va asarlarida o‘z aksini topganligini, unga misol qilib, besh dostondan iborat "Xamsa” asarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, o‘qituvchilar ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shoir, ijodkor xayoti va ijodi haqida qisqacha to‘xtalib, yaratgan ijod namunalaridan, jumladan, Vatan haqida, Ona tilimiz haqida, Ota-onalarimizni mehri haqida va yoshlar, o‘g‘il-qizlar haqida yozgan she’rlari bilan yig‘ilganlarda ulkan taasurotlar qoldirdi. Shundan so‘ng, kafedraning talaba-yoshlari o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan she’riyat va adabiyotga oid savollariga batafsil javoblar oldilar.
Ayni kuni fakultetning  bir gurux talabalari kafedralar asistenlari bilan institutning faollar zalida bo‘lib, o‘tgan  mutafakkir shoiri – Alisher Navoiyning 577 yilligi munosabati bilan "Navoiy-ma’naviyatimiz gultoji” mavzusidagi badiiy kechaga qatnashdilar. Tadbir xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish va uni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali bugungi kunda maqsad-vazifalarimizdan biri bo‘lgan yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘oyaga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy g‘urur uyg‘otish, yosh avlodni milliy ma’naviy-tarixiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida va o‘tmish merosimizning haqiqiy bilimdoni, zamonaviy bilimlar egasi qilib tarbiyalashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Tadbirlar davomida talaba yoshlar tomonidan yaratilgan devoriy gazetalar namoyish qilindi.

 

 

 

 

 



Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M