| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan “She’riyat sultoni-shoirlar podshosi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi o'tkazildi
10-02-2018, 07:42
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Katta majlislar zali,  Axborot resurs markazining katta o‘quv zalida "She’riyat sultoni-shoirlar podshosi” mavzusidagi kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asari barcha fanlarda bo‘lganidek, adabiyot metodikasi fanining ilmiy metadologik asosini belgilab beradi. Zotan, asarda hozirgi zamon yoshlari kelajak avlodning yashashi, istiqlolga erishish yo‘llari yaqqol belgilab berilgan. Buning isboti hazrat Alisher Navoiyga berilgan baho bo‘ldi. Kitobda buyuk dahoning insoniyat olamiga qo‘shgan xizmatlari, uning adabiyotimiz sohasida yaratgan kashfiyotlari, ayniqsa, Navoiy asarlarining yoshlarimizning barkamol bo‘lib yetishishlaridagi ahamiyati, badiiy kuchi, qimmati alohida qayd etilgan. Alisher Navoiyning badiiy ummoni nodir dur-u javohirlarga to‘la.  
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida: "Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. "Barkamol avlod ─ O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”  asarida esa: "Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb  ta’kidlagan edi. Shuni inobatga olgan holda mazkur ko‘rgazma Toshkent arxitektura-qurilish institutida har yili muntazam o‘tkazib borilmoqda.  
Ko‘rgazmada professor-o‘qituvchilar, xodimlar  va talabalar o‘zlari yoqtirgan yozuvchi va shoirlari qalamiga mansub kitoblarni xarid qildilar.

 

 



Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Muallif: Mirpo'latov M