| | |
1 2 3 4
  • title
  • title
  • title
  • title
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi
9-02-2018, 17:30
2018 yil 9 fevral kuni Toshkent arxitektura qurilish instituti marosimlar zalida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni xazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Qambarova, Estrada xonandasi Nargiza Azimova, institut Ma’naviy-ma’firiy ishlar bo‘yicha prorektor D.Eshmuradov, fakultet dekan muovinlari, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda institut axborot resurs markazi tomonidan Alisher Navoiy xazratlarining nodir asarlari chop etilgan eng so‘nggi kitoblar namoyishi tashkil etildi. Tashkil etilgan kechani institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor  D.Eshmuradov ochib berdi va millatimizning buyuk allomasi, she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, mutafakkir shoir-Nizomiddin mir Alisher Navoiy  hayoti, uning o‘lmas ijodiy asarlari  to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi. 
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev so‘zga chiqib,  buyuk mutafakkirning serqirra ijodkorligi, asarlarining qiyosi, ijodkorning so‘z mulkining tengsiz sultoni ekani xaqida aytib o‘tdi. L. Sa’dullaev o‘zbek teatrida shoirning asarlaridan sahnalashtirilgan spektakllari, mamlakatimizda shoir ijodiga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risda so‘zlab o‘tdi. 
Shundan so‘ng institut talabalari tomonidan "Navoiy va Guli” spektaklidan parcha ijro qilishdi.
So‘zga O‘zbekistonda xoizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Qambarova chiqib, Navoiy xaqida iliq so‘zlarni aytib, u insonga munosib avlod bo‘lishimiz kerakligi buning uchun esa kitobga mehr qo‘yib, uni ko‘proq  mutola qilishimiz lozim ekanini aytdi.
Shundan so‘ng tadbirda Navoiyning g‘azallari, hayoti ijodini targ‘ib qilish maqsadida ishtirok etayotgan talaba-yoshlarga o‘zlarini namoyon etishlari uchun so‘z berildi. Talaba-yoshlar tomonidan aytilgan g‘azallar va ularga bergan ta’riflari yuqori baholandi. 
Tadbirga tashrif buyurgan estrada xonandasi N.Azimova dastlab Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlardan xirgoya qildi. So‘ngra sho‘x qo‘shiqlari bilan kelganlarning barchasini raqsga taklif etdi.
Tadbir so‘ngida tashrif buyurgan mehmonlarga institut rahbariyati o‘z minnatdorchiligini izhor etdi va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

 

Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi

 

 

 

 



Izohlar soni:0