| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



ABITURIYENT-2018

Toshkent arxitektura qurilish instituti 1-sonli TTJda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir haqida
13-01-2018, 15:23
2018-yilning 11-yanvar kuni Qurilishni boshqarish fakultetining 1-TTJda 14-yanvar "Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini U.U.Inoyatov va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.Sh.Radjapovlar tomonidan hamda talabalar bilan birgalikda tadbir o‘tkazishdi.
Tadbirda dekan muovini U.U.Inoyatov va Sh.Sh.Radjapovlar barchani kirib kelgan yangi 2018 yil bilan xamda yaqinlashib kelayotgan "Vatan ximoyachilari kuni” bilan talaba-yoshlarni tabriklab o‘z hayotlarida munosib o‘rinlarni egallashlari va egallayotngan kasbining munosib egasi bo‘lishlariga tilakdosh ekanliklarini bildirib o‘tishdi. Hozirgi tinch, osoyishta hayotimizning har bir daqiqasini qadriga yetishni, yoshlikning  har lahzasidan, yoshlar uchun  yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib chuqur bilim olishga, muloxazali bo‘lishga, tinch hayotning qadriga yetib shukur qilishga chorladilar. Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. 
Shuningdek tadbir so‘nggida dekan muovinlari U.U.Inoyatov va Sh.Sh.Radjapovlar talabalarga kuzgi semestr reyting natijalarida omad tilab, fanlardan yuqori reyting ballarini egallashlariga tilakdosh ekanligini bildirdilar.
 

 

 

Qurilishni boshqarish fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini U.U.Inoyatov.


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi