| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



ABITURIYENT-2018

“Bino va inshootlar” kafedrasi tomonidan “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir uyushtirildi
12-01-2018, 11:22
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi "Vatan ximoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining 2017 yil 11 dekabrdagi 07/1-3109- son topshiriq xati ijrosi, institut talabalarida Vatan ximoyasi yurt tinchligi uchun daxldorlik va ma’sullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 7 dekabrdagi 904 sonli buyrug‘i, xamda Toshkent arxitektura qurilish instituti rektorining 2017 yil 15-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi 5135-F-son farmoyishi ijrosi to‘g‘risida” gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018yil 12 yanvar kuni TAQIning "Bino va inshootlar qurilishi” fakultetida  "Xotira va qadrlash”, "Odamiylik”tushunchalarining hamda mamlakatimizdagi osoyishta va tinch hayot qadrining mazun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Xo‘jalik boshqarmasi kommunal foydalanish bo‘limi boshlig‘i leytenant T.Xoshimov, leytenant E.Sagindikov xamda taniqli olimlar texnika fanlari nomzodi professor Miralimov Mirraxim Mirmaxmutovich, texnika fanlari nomzodi dotsent Maxmudov Said Maxmudov xamda fakultet talabalari  ishtirok etdilar. Tadbirni fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Abdullaev ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘z nutqlarida quyidagilarni bayon etdilar: Yurtimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini umumhalq bayrami sifatida nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Zero, ona Vatanni himoya qilish har bir farzand uchun muqaddas yigitlik burchi hisoblanadi. Bu sharafli ishga butun vujud, qalb, iymon-e’tiqod bilan tayyor turish, hamisha sergak va ogoh bo‘lish, zamonaviy harbiy va texnik bilimlarni puxta egallash talab etiladi. Shu boisdan ham farzandlarimizni ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayotgan ezgu fazilatlar hisoblanmish mardlik, matonat va jasorat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sanaladi.
 

 

 
Vatanni himoya qilish el-yurt tinchligini asrash, halqimizning buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil O‘zbekistonning halqaro  hamjamiyat saflardagi o‘rni va  nufuzini oshirish demakdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar  suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlod ma’naviy olamining  daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib ish olib borishimiz kerak,  degan savol bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. Zero, mamlakatimiz sarhadlari mustahkam, odamlarning ko‘ngli xotirjam, yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari avj olgan joyda, shubhasiz, milliy taraqqiyot rivojlanadi. 1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim tarixiy hujjatga imzo chekildi. Shu kundan boshlab mamlakatimizda har yili «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami ozod va erkin xalqimizning muqaddas bir bayrami sifatida keng nishonlanib,kelinmoqda. Har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birlarini tabriklayotgan nafaqat harbiylar, balki yurtimizda faoliyat olib borayotgan boshqa kasb egalari, shuningdek o‘quvchi-talabalar, iqtisodchilar, injenerlar, agronomlar, sportchilar ham bir-birlarini shu aziz bayram bilan tabriklayotganida yuragimiz yorishib ketadi, bu hech kimga sir emas, albatta. Harbiylarimiz mamlakatimizning tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrayotgan bo‘lsalar, davlatimiz rahbari "Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”, deya ta’kidlaganlaridek, sportchilarimiz, futbolchilarimiz yurtimizning dovrug‘ini olam uzra keng yoyishga harakat qilishmoqda. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan mukammal javob olishdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi