| | |
1 2 3 4
  • title
  • title
  • title
  • title
«Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi» mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir HISOBOTI
12-01-2018, 19:04
Tooshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakultetida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi» mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 

HISOBOTI

Qurilishni boshqarish fakultetida 2018 yil 12 yanvar kuni fakultetning majlislar zalida 2017 yil 7 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 5135-F-sonli farmoyishi hamda institut rektorining 2017 yil 15 dekabrdagi 694-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.



 

Davra suhbatida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi potrul post xizmati brigadasi 1-batalion, 2-otryad komandiri mayor Masharipov Allabergan Yuldashevich hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi potrul post xizmati brigadasi shtab boshlig‘i yordamchisi mayor Ikromov Rustam Toshkentbaevich fakultet dekani Mamanazarov Oybek Shomurodovich, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Inoyatov Umidbek Ulug‘bekovich, fakultet ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha dekan muovini Radjapov Shavkat Sharipbaevich, «Menejment» kafedrasi mudiri Davletov Islombek Xalikovich, «Menejment» kafedrasi dotsenti, 33-17 guruhi murabbiysi Inoyatova Durdona Shoxaydarovnalar ishtirokida «Vatan ximoyasi muqaddas burch», «Vatanni qo‘riqlash sharafli kasb» mavzularida talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani Mamanazarov Oybek Shomurodovich o‘zining Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tabrik so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi. Tadbirda 55 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashishdi.

 

 

«Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi» mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir  HISOBOTI

 

«Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi» mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir  HISOBOTI

 

 


Shuningdek tadbirda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi potrul post xizmati brigadasi 1-batalion, 2-otryad komandiri mayor Masharipov Allabergan Yuldashevich hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi potrul post xizmati brigadasi shtab boshlig‘i yordamchisi mayor Ikromov Rustam Toshkentbaevichlar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan barcha professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarni tabriklab, o‘zlarining kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, poytaxtimiz fuqarolari tinchligi va osoyishtaligini saqlashdagi olib borayotgan ishlari haqida qisqacha tanishtirib o‘tdilar.

Davra suhbati ko‘tarinki ruhda va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Qurilishni boshqarish

fakulteti ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bo‘yicha dekan moviniU.U.Inoyatov