| | |
1 2 3 4 5
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



ABITURIYENT-2018

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti
12-01-2018, 18:59
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

 

t

QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot

HISOBOTI

2017 yil 18 dekabrdan 23 dekabrgacha, 2018 yil 8 yanvardan 27 yanvargacha Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining 2017 yil 16 dekabrdagi 5/41-sonli buyrug‘i hamda Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori Sh.Inoyatovning 2018 yil 18 dekabrdagi 346/2 IChga asosan 34-14 KT So‘ guruhi talabalari Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejiga pedagogik amaliyotni o‘tashmoqda.

Pedagogik amaliyotning birinchi kuni talabalar bilan Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori Sh.Inoyatov, kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Sadikova, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Abdullayeva, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Nabiyeva, "Qurilish va muhandislik” bo‘limi boshlig‘i Sh.Po‘latov, "Qurilish va muhandislik” kafedrasi mudiri S.G‘ulomovalar ishtirokida pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda kollej direktori Sh.Inoyatov, pedagogik amaliyotga kelgan talabalarni kollej rahbariyati va kollejning tartib qoidalari bilan yaqindan tanishtirdi. Talabalar bilan pedagogik amaliyotni o‘tkazilishi, talabalarning pedagogik amaliyotiga qo‘yiladigan talablar, mehnat muhofazasiga rioya qilish qoidalari, pedagogik amaliyotni olib borilishi uchun barcha sharoitlarning mavjudligi haqida batafsil gapirib o‘tdi.

Shuningdek, pedagogik amaliyotda talabalar ta’lim muassasasi tajribali o‘qituvchilarining darslarini tahlil etishi, biriktirilgan fan o‘qituvchilari bilan darslarga tayyorlanishi, ochiq darslar o‘tishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini tuzishi va o‘tkazishi, o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyaviy darslar o‘tishi hamda o‘z guruhi o‘quvchilariga pedagogik–psixologik tashhis qo‘yishni o‘rgananishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, talabalardan o‘quv-pedagogik amaliyot jarayonida mutaxassislik fani o‘qituvchisining ish yuritishdagi barcha hujjatlarini o‘rganib va o‘z darslari uchun ularni ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.

 PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 

34-14 KT So‘ guruhi talabalarining Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida o‘tayotgan pedagogik amaliyot hisoboti

 


Bu amaliyot o‘quv dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi, ya’ni oliy o‘quv yurtida olgan nazariy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va mustaxkamlash, kasbiy faoliyatini to‘la amalga oshira olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Pedagogik amaliyotning mazmuni asosan quyidagilardan iborat ekanligi, ya’ni amaliyotchi-talabalarning akademik guruhlarga taqsimlanishi, amaliyot davomida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmunini belgilab olishi; har bir amaliyotcha-talaba o‘ziga biriktirilgan akademik guruh o‘quvchi-talabalari bilan yaqindan tanishishi; mutaxassislik bo‘yicha fan o‘qituvchisi va guruh murabbiylarining ishlarini kuzatishi va o‘rganishi; amaliyot davomida bajariladigan barcha ishlar mavzusini (mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tiladigan mavzular, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mavzulari va hokazo) belgilab olishi; guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishi; kasb-hunar kollejlarida amaliyotni o‘tayotgan amaliyotchi-talabalar o‘zaro bir-birining darslarini kuzatishi va ularning birgalikdagi muhokamasida ishtirok etishi; amaliyotchi-talabalar o‘ziga biriktirilgan akademik guruh o‘quvchilariga pedagogik-psixologik tashhis qo‘yishi; pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchi-talabalar tomonidan amaliyotga tegishli bo‘lgan hujjatlarni talab darajasida yuritishi; pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan anjumanda barcha amaliyotchi-talabalarning ishtirok etishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Anjuman yakunida TAQI talabalarining 2017 yil 18 dekabridan 2018 yil 27 yanvariga qadar pedagogik amaliyoti dasturini to‘liq bajarishini nazorat qilish kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.A.Sadikova zimmasiga yuklatilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.A.Sadikova hamda "Qurilish va muhandislik” kafedrasi mudiri S.G‘ulomova 34-14 KT So‘ guruhi talabalarini dasturga asosan quyidagi guruhlarga biriktirishdi:

1. 9-16 guruhi, murabbiy: O.Asqarov.

1. Aminova Naima

2. Berdibaeva Klara

2. 7-15 guruhi, murabbiy: Z.Xayitov.

1. Boltaev Umid

2. Bobonazarov Umid

3. 11-16 guruhi, murabbiy: D.Tillaeva.

1. Davletova Moxira

2. Ibragimova Shaxlo

4. 13-16 guruhi, murabbiy: Z.Bobomurodova.

1. Isipnazarova Maftuna

2. Razzoqova Farida

5. 4-17 guruhi, S.G‘ulomova.

1. Temisheva Guliza

2. Fayzullaev Sherzod

6. 12-16 guruhi, murabbiy: G.Berdieva.

1. Xoshimov Komil

2. Shoraxmonova Sayyora

7. 8-15 guruhi, murabbiy M.Mirzaeva.

1. Karimboeva Gulnoza

Pedagogik amaliyotning birinchi haftasi passiv hafta bo‘lib, bunda talabalar ta’lim muassasasining tajribali o‘qituvchilarining darslarini tahlil etishdi, biriktirilgan fan o‘qituvchilari bilan ochiq darslarga tayyorlanishdi. Pedagogik amaliyotning qolgan uch haftasi faol hafta hisoblanib, amaliyotchi-talabalar mutaxassislik fanidan ochiq dars o‘tishadi.

Shuningdek, amaliyotchi-talabalar kollejda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishni rejalashtirishdi.

Amaliyotchi talabalar malakali mutaxassislik o‘qituvchilarining darslarini o‘rganib, quyidagi fanlar bo‘yicha ochiq daslarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda: mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi; gaz uskunalarini ta’mirlash; bino va sanoat qurilishi; texnik chizmachilik; materialshunoslik.

Har kuni kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.A.Sadikova tomonidan amaliyotchi-talabalarning davomati olib borilmoqda.

 

 

 

 

Pedagogik amaliyot rahbari L.Xolmamatova


 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi