| | |
1 2 3 4
  • title
  • title
  • title
  • title
"Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir”
12-01-2018, 18:46
Toshkent arxitektura qurilish instituti Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti "Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan uchrashuvi

Toshkent shahar Favqulodda  Vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida "Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir” mavzusidagi axborot
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan yurtimizdagi eng mashaqqatli va sharafli kasb vakillaridan bir guruhini ya’ni Toshkent shahar Favqulodda  Vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida "Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir” mavzusida Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti talabalari bilan axborot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Qodirov Ahmadjon Abdullaevich va boshqarma profilaktika bo‘limi hodimi Akmal Omonqulovlar tashrif buyurishdi. 
Uchrashuv, Toshkent arxitektura qurilish instituti prorektori Dilshod Eshmuradovning mazkur kasb vakillarini 14-yanvar  Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan tabriklanishi bilan boshlandi va ularning mashaqqatli hamda sharafli kasblarini davom ettirishda ulkan zafarlar tilab qolindi.   Tashrif buyurishgan mehmonlar tomonidan, jumladan podpolkovnik Qodirov Ahmadjon Abdullaevich tomonidan  ushbu kasb vakillarining bugungi kundagi amalga oshirayotgan ulkan ishlari qolaversa sohaga oid islohotlar hamda nafaqat yurtimizdagi balki butun dunyodagi ushbu kasb sohiblarining mashaqqatli faoliyatlari haqida talabalarga so‘zlab berildi. 

"Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir”

 

"Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir”

 

"Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir”

 


Bundan tashqari, hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi, tabiatning xavfli holatlari, ofatlari, ishlab chiqarish korxonalaridagi avariyalar, og‘ir oqibatlarni yuzaga keltiruvchi insonlar tomonidan ekologik holatlarning o‘zgarishiga sababchi iqtisodiy faoliyatlari oqibatida, katta masshtabdagi harbiy nizolar, butun jahon jamiyatiga katta zarar yetkazayotganligi haqida gapirib o‘tildi. 
Favqulodda vaziyatlar yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘rganishda mavjud kriteriyalarga asoslanishi, ya’ni: avariya yoki tabiiy hodisalar yoki portlashlar, radioaktiv chiqindilar tashlash miqdori hisobga  olinadi. Har qanday boshlang‘ich holatda yuzaga kelgan texnogen yoki tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.

"Hududlar va aholi xavfsizligini ta’minlash–masuliyatli, olijanob va sharafli kasbdir”

 


  Favqulodda vaziyatlar halokatlarini moddiy zararlarni odamlarni halok bo‘lishlari va boshqa kelib chiqadigan holatlarini o‘lchov birligi kriteriyasiga asoslanib oldindan tahlil qilinadi. 
Uchrashuvda talaba-yoshlarni favqulodda vaziyatlar paytidagi o‘z-o‘zini tutish to‘g‘risida bilimlar berildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga dunyodagi va O‘zbekistonning ayrim hududlarida yuz bergan tabiiy ofatlar to‘g‘risida, mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tardbirlar to‘g‘risida, favqulodda vaziyatlar chog‘ida safarbarlik choralari to‘g‘rsida hamda sohada ishlovchi yangi kadrlarni yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy choralar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi video film namoyish etildi. Uchrashuv ishtirokchilari talaba-yoshlar bilan  ushbu sharafli kasb vakillari qatorida faoliyat olib borish sir asrorlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yakunida  talaba-yoshlar orasida uchrab turayotgan va ularni o‘ylantirayotgan bir nechta hayotiy masalalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan  faol ishtirok etishdi va tashrif buyurgan mas’ul shaxslar tomonidan savollarga to‘liq javoblar oldilar. 


Mqi fakulteti dekan muovini A.Ismailov