| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 937-sonli qarorining mohiyati va ahamiyati
19-12-2017, 15:44
Toshkent arxitektura qurilish instiutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 937-sonli qarorining mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish va aholiga tushuntirish bo‘yicha tayyorlangan. 
 RISOLA
Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g‘oyalarini amalda keng tadbiq etish, zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori sifatli yangi avlod darsliklar yaratishni qo‘llab-quvvatlash, yosh ilmiy pedagog kadrlarni bu jarayonga keng jalb etish hamda darsliklar mualliflarini rag‘batlantirish xam doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
2013 yilning 1 yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.O‘tgan davr ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, o‘rnatilgan talablarga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining faoliyati, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi.
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur’atlar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 16 fevralda PF-4958-son Farmoni qabul qilindi. Natijada  2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali, ya’ni:dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimini joriy qilindi.
Ushbu farmon bilan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganva o‘rnatilgan talablar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan berilishi hamdafan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan va o‘rnatilgan talablar bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tomonidan berilishi belgilab berildi.
Shuningdek, tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan shaxslar doktoranturaga esa fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadigan bo‘ldi. Doktoranturaga o‘qishga kirmasdan  o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan shaxslarga ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladigan hamda fan doktori ilmiy darajasini beruvchi amaldagi ilmiy kengashlar mazkur Farmon qabul qilingan kundan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilishni to‘xtatishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur farmon ijorsi yuzasidan, shuningdek o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ekspertizadan o‘tkazish hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lashni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 937-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda "Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq:
-Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlarni tayinlash tartibi, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
- har bir opponent uchun 8 soatdan — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun;
- har bir opponent uchun 6 soatdan — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun.
Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdori, rahbar kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari (kurslari) tinglovchilariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadigan shaxslar uchun to‘lanishi nazarda tutilgan soatbay ish haqi miqdoriga tenglashtiriladi.
Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq to‘lash, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, tuzilgan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari avtoreferatlarini 60 nusxadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chiqarish va tarqatish. Xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining o‘quv adabiyotlarini chiqaradigan nashriyotlari uchun belgilangan amaldagi narxlar asosida aniqlanadi;
-boshqa shaharlardan keladigan opponentlarning xizmat safari xarajatlari (xizmat safari muddati 3 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak). To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlari uchun belgilangan normativlar asosida amalga oshiriladi. Alohida hollarda doktorlik dissertatsiyalari himoyasida OAK ruxsati bilan respublika tashqarisidan bir opponentni taklif qilishga yo‘l qo‘yiladi. Xorijiy opponentlarning xizmat safari xarajatlarini qoplash taklif qiluvchi tashkilot tomonidan valyutani tartibga solish haqidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
 Opponentlar mehnatiga haq to‘lash oliy o‘quv yurtining professori (fan doktorlariga) va dotsenti (fan nomzodlariga) soatbay ish haqi stavkalariga asosan amalga oshiriladi.
 Huzurida ixtisoslashtirilgan kengashlar ishlayotgan muassasa va tashkilotlarning (valyutadan tashqari) xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi yilning har choragida, tasdiqlovchi moliyaviy hujjatlarga asosan qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qoplaydi.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy daraja olish yuzasidan dissertatsiya himoyasi bo‘yicha rasmiy opponent sifatida boshqa shaharlik yoki xorijlik mutaxassis olimni, uning roziligi bilan, belgilashi mumkin.
 Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha boshqa shaharlik (xorijlik) opponentlarga, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, dissertatsiya himoyasini o‘tkazish joyiga bir martalik kelib-ketish, yashash joyi ijarasi (uch kun muddatgacha) xarajatlari qoplanadi, shuningdek, sutkalik pullar (uch kun muddatgacha) to‘lanadi.
Bunda boshqa shaharlik opponentlarga, ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha opponentlik qilish davrida, ularning asosiy ish joyidan,xizmat safari xarajatlari qoplanmasdan, belgilangan tartibda xizmat safari guvohnomasi beriladi hamda o‘rtacha ish haqi (uch kun muddatgacha) saqlanadi.
   Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar bo‘yicha boshqa shaharlik opponentlarga, yo‘l xarajatlari, yashash joyi ijarasi uchun xarajatlarni qoplash, shuningdek, sutkalik pullarni to‘lash, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida, respublika hududida xizmat safarlari uchun belgilangan tartib va miqdorda amalga oshiriladi.
Umuman olganda, mazkur qaror respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi aniq.  

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi