| | |
0 1 2 3 4 5 6 7 8
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Iqlim o’zgarishi jarayonida suvni tejash” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
12-10-2017, 18:59

Yevropa Ittifoqining "O'zbekiston Respublikasidagi qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish" dasturi doirasida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) "Integratsiyalashgan suv resurslari hamda suv xo’jaligini boshqarish milliy konsepsiyasi" loyihasi ostida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda respublikamizdagi oliy o'quv yurtlari bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun "Iqlim o’zgarishi jarayonida suvni tejash” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

 

Ushbu tanlov iqlim o'zgarishlarining global muammolariga hamda insoniyatning ekologik tahdidlarga bo’lgan munosabatiga bag'ishlanadi.

 

Qatnashish tartibi:

Mazkur tanlovda oliy o'quv yurtlarida quyidagi yo’nalishlarda tahsil olayotgan talaba va magistrantlar ishtirok etishlari mumkin:

 

1) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish

2) Madaniyat va san'at

3) Suv xo’jaligini boshqarish

4) Jurnalistika

5) Chet tillari

6) Suv xo’jaligi

 

Tanlov g’oliblariga quyidagi sovrinlar taqdim etiladi:

1. Tanlovning 9 nafar g'oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi

planshet va smartfon.

2. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan traqdirlanadi.

 

Muhim sanalar:

2017 yil 29-sentyabrdan 2018 yil 10-fevralgacha - ishtirokchilarni ro'yxatga olish, videotasvirni yaratish va taqdim etish.

2018 yil 10 martgacha - g'oliblarni tanlab olish va tanlov natijalarini e'lon qilish.

2018 yil 22 mart - Xalqaro suv kuniga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib, unda g'oliblarga sovg'alar taqdim etiladi.

 

Baholash mezonlari:

• Talabalar yoki bakalavrlar yuqoridagi yo’nalishlarga ega bo’lgan OTMlar vakillari bo’lishlari kerak.

• Bitta ishtirokchidan faqat 1 ta viderolik qabul qilinadi.

• Taqdim etilgan ishlar mualliflik huquqi asosida bajarilgan bo'lishi lozim.

• Ijodiy va original yondashuv qo'llanilishi kerak.

• Bitta videorolikning tavsiya etilgan davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi kerak. 3 daqiqadan uzunroq roliklar hisobga olinmaydi.