| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Cloud (Bulut) texnologiyasi joriy etish va rivojlantirish maqsadida
6-10-2017, 10:19

Axbotot texnologiyalari tobora hayotimizni ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Buning isboti sifatida zamonaviy ma’lumot saqlash tizimlarini keltirsak bo’ladi. Bir necha yildan beri rivojlanishda davom etib kelayotgan cloud (bulut) texnologiyasi, ish boshqarish, ma’lumotlar almashish jarayoni yaxshilash hamda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanilmoqda. Ushbu texnologiya o’n yillikdan keyin odatiy vositaga aylanishi va usiz hech bir sohani tasavvur qilib bo’lmay qolishi aniq.

Nafaqat rivojlangan davlatlar balki O’zbekiston kabi tez suratlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu texnologiya ommalashib bormoqda. Cloud (Bulut) texnologiyasi joriy etish va rivojlantirish maqsadida Toshkent arxitektura qurilish instituti ma'lumotlarni yagona tizimda saqlash, saqlanayotgan ma'lumotlar xavsizligini ta’minlash va xodimlar uchun qulaylik yaratish ilinjida Axborot texnologiyalari markazi tomonidan icloud.taqi.uz bulutli hisoblash tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim xodimlar uchun yaratilgan bo’lib, uning yordamida turli ma’lumotlarni maxsus ajratilgan joylarda saqlash, ularni taxrirlash hamda boshqa foydalanuvchilarga yuborish imkoniyati mavjud. Tizim qulay interfeysga ega bo’lib, foydalanuvchiga oson tushunarli ko’rinishda ishlab chiqilgan. icloud.taqi.uz bulutli hisoblash tizimi ishlash davomida sizga katta yordam beradi degan umiddamiz.

 

 

 

 

 

 

Axborot texnologiyalari markazi.