| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Toshkent arxitektura qurilish institutida “1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” bayramini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan hisobot
4-10-2017, 15:36

Toshkent arxitektura qurilish institutida "1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” bayramini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan hisobot

 

2017 yilning 30 sentyabr kuni soat 1100 da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda "1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab "Ustoz elda aziz!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirni tashkillashtirildi.

Tadbirni institut rektori R.Hakimov ochib berar ekan, Ustozlar va murabbiylarning beqiyos xizmatlari to‘g‘risida fikrlar bildirdi. Shuningdek, mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz va murabbiylarga e’tibor yanada kuchayganligi e’tirof etildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni vatanimiz ma’naviy-ma’rifiy tizimini mazmunan boyitganligini o‘quvchi va o‘qituvchining vatan ravnaqida tutgan o‘rni orqali anglash mumkin.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 1997 yil 1-oktabr kunidan ustoz va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinayotganligi va unda so‘z olganlar ustoz va murabbiylarni, talaba yoshlarni "Ustoz-shogird” tizimi orqali tarbiya etish va jamiyatimizga dahldorlik hissi bilan yashashga intilish bugungi tinchlik zamiridagi eng ulug‘ vazifa ekanligi qayd etildi.

Muallim hayotga ziy bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanishini Navoiy xazratlari yozganidek:

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila.

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

kabi misralar bugun ham o‘z zalvarini yo‘qotmaganligini barchamiz birdek anglaymiz.

Bayram munosabati bilan institut pedagog-xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashdek ulkan va sharafli ishga qo‘shayotgan beqiyos hissasi hamda "1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan institutda mehnat qilib kelayotgan bir guruh pedagog-xodimlar O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda institut rektorining Faxriy Yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, "Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Inoyatova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliging Faxriy Yorlig‘i va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Kechaning badiiy qismida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva hamda O‘zbekkonsert davlat muassasasining taniqli ijodkorlari o‘z chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdilar.

Institutimizda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish maqsadida o‘qish, o‘rganish bilan birgalikda badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanayotgan she’riyatga oshno qalblar ham bor. Talabalarimizning she’riyatga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida institutda "Adabiyot” to‘garagi tashkil etilgan. To‘garak a’zolari tomonidan yozilgan ustozlarni ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi.

Shundan institutning "Quruvchi” quvnoqlar va zukkolar terma jamoasi qiziqarli sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir so‘nggida Sanobar Rahmonova ijrosidagi "Ustozlar” qo‘shig‘i ostida barcha pedagog-xodimlar esdalik uchun suratga tushdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida bayram dasturxoni osh tashkil etildi.

Bayram tadbirlari 2 oktabr kuni davom ettirildi, institutning barcha xodimlari O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan "O‘jarlar” spektaklini tomosha qilib qaytdilar. Bu tadbir institut kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirildi.