| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni
3-10-2017, 14:56
1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni

 

 

Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Shu munosabat bilan 2017 yil 30 oktyabr kuni Toshkent arxitektura qurilish institutining "Marosimlar zali”da "1 oktyabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab "Ta’zim sizga aziz ustozlar!” bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda institutda ko’p yillardan buyon faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar, xodimlar va bir qator san’atkorlar ishtirok etishdi. Tadbirda institut rektori Ravshan Rashodovich Hakimov institutda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o’qituvchilarni va xodimlarni bayram bilan qutlab esdalik sovg’alarini topshirdilar.

Bayram tadbiridan so’ng barcha qatnashchilarni bayram

dasturxoniga taklif etildi.