| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Qabul jarayonlari boshlandi
15-06-2017, 09:11

Qabul jarayonlari boshlandi

 

    Mamlakatimizdagi barcha oliy o'quv yurtlari qatori institutimizda ham abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlab yuborildi. Qabul komissiyasida abituriyentlarning hujjat topshirishlari va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, abituriyentlar uchun zarur bo'ladigan o'quv qurollari savdosi, qabul jarayonlari borishini aks ettiruvchi e'lonlar doskalari, suratga tushish joylari, ota-onalarning ovqatlanishlari va dam olishlari uchun maxsus joylar tashkil qilindi. Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 2017 yilning 15 iyuligacha davom etadi. Barcha xoxlovchi abituriyentlarni institutimizga hujjat topshirishga taklif etib qolamiz.

Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varag‘ini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatningaslini;

086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani;

pasporti nusxasini;

3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni;

xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini;

muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Abituriyent hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.

Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi;

Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.