| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

Koreyaning Hanbat milliy universiteti 2017 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun grant taqdim etmoqda
12-06-2017, 15:21

Koreyaning Hanbat milliy universiteti 2017 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun grant taqdim etmoqdaKoreyaning Hanbat milliy universiteti 2017 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun grant taqdim etmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Koreya Respublikasining Hanbat milliy universiteti o‘rtasidagi o‘zaro Hamkorlik Memorandumining "Talabalar almashinuvi” bandi asosida mazkur universitet tomonidan 2017-2018 o‘quv yilining kuzgi semestrida ta’lim olish uchun grant taqdim etilmoqda.

 

Tanlovda o‘z sohasini hamda ingliz tilini yuqori darajada biladigan, o‘quv darslarida to‘liq qatnashgan barcha 2-3 kurs talabalari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

 

Toshkent-Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta harajatlari nomzodlarning o‘z hisoblaridan, yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq harajatlar Hanbat milliy universiteti tomonidan (ingliz tilidan mukammal bilish sharti bilan) qoplanishi ko‘zda tutilgan.

 

Nomzodlar fakultet dekani tomonidan imzolangan tavsiyanomalarni TAQI Xalqaro aloqalar bo‘limiga 2017 yil 14 iyunga qadar taqdim etishlari lozim.

 

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni TAQI Xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.